Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29-noyabr — 2-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
29-noyabr — 1-dekabrda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
30-noyabr — 1-dekabrda ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2-dekabrga kelib, -3 daraja sovuq — +2 daraja iliqni, kunduz kunlari +3...+8 daraja iliqni, shimolda kechalari -3...-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari -2 daraja sovuq — +3 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.