Bugun O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan nisbatan salqin havo tarqala boshlaydi. Harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi.
Bugun kunduzi hududning katta qismida havo harorati 33-36° atrofida bo‘ladi, hatto janubiy hududlarda ham 38-40° dan yuqori bo‘lmaydi.
Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 30-32° dan, janubda 35° dan oshmaydi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
12-13-avgust kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba’zida 20-22 m/s ga yetishi mumkin.
Keyingi haftaning o‘rtasida kunduzgi havo harorati 27-30° gacha yanada pasayadi. Ayniqsa kechasi va ertalab havoning salqinlashishi sezilarli bo‘ladi, bunda harorat 13-16° gacha pasayadi.
Poytaxtimizda: 11-13-avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun harorat kunduzi 34-36°, shanba kuni 32-34°, yakshanba kuni 30-32° bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha esadi, kechalari 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.