Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29° ni, shimolda 22-25° ni, respublika janubida 32-35° ni tashkil etadi. Respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Haftaning katta qismida respublika boʻyicha asosan shunday quruq va salqin ob-havo hukmronlik qiladi. Havo harorati kechalari 10-15°, kunduz kunlari 26-31° atrofida boʻladi. Bunday ob-havo Oʻzbekiston boʻyicha sentyabr oyi oxiri uchun xosdir.
Hafta oxiriga kelib, antitsiklon periferiyasi Qozogʻiston hududiga chekina boshlaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va hafta oxiriga 32-35° ni tashkil etadi.
24-sentyabrda Respublika shimolida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.