Bu haqda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ikkinchi marotaba oʻtkazilgan “Oʻzbekiston oʻquv markazlari” forumida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qoʻlga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.
Tadbirda respublika boʻylab 700 ga yaqin oʻquv markazi vakillari, taʼlim sohasida katta tajribaga ega TOP spikerlar, mashhur blogerlar va taʼlim yoʻnalishida kontent yaratuvchi mutaxassislar jamlandi.
Forum oʻquv markazlari uchun tajriba almashish, aloqa oʻrnatish va taʼlim sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim chorrahadir, deb yozadi Alisher Saʼdullayev oʻzining telegram kanalida.








