Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
- Jami - 2 965 ta, shundan 2021-yilda 993 ta, 2022-yilda 988 ta hamda 2023-yilda 984 ta uy-joyni yangidan qurish;
- Jami - 223 ta, shundan 2021-yilda 80 ta, 2022-yilda 72 ta hamda 2023-yilda 71 ta yangi xonadon xarid qilish;
- Jami - 161 ta, shundan 2021-yilda 63 ta, 2022-yilda 51 ta hamda 2023-yilda 47 ta uy-joyni toʻliq taʼmirlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK - Dastur doirasida xizmat uy-joylarini qurish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Xizmat uy-joylari Prezidentning “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktyabrdagi PQ-2639-son qaroriga muvofiq 0,02 gektar hajmdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan, hovli inshootlariga ega boʻlgan bir qavatli 2 va 3 xonali uy-joylarning namunaviy loyihasi boʻyicha quriladi.
Qurilish kompaniyalarini tanlash uchun tender oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.05.2021-yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.