Maʼlumotlarga koʻra, 20—24-oktyabr kunlari mamlakat boʻylab harorat kechalari +8...+13 daraja, kunduz kunlari +23...+28 daraja atrofida boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha iqlim meʼyoridan +4...+6 darajaga yuqori.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Dushanba kunduzi harorat +21…+23 darajani tashkil etadi. Keyingi kunlarda harorat kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +24…+28 daraja atrofida boʻladi.









