Oʻzbekistonda ilk bor “Badiiy atamalar lugʻati” nashr etiladi

    Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati “Eriyell Group” xalqaro neft konlariga xizmat koʻrsatish guruhi koʻmagi bilan kitobxonlar uchun yangi nashr - “Badiiy atamalar lugʻati” konseptini uch tilda taqdim yetmoqda.

    Ishonchimiz komilki, kitobxonlar Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati loyihasi doirasida chop etilayotgan yangi kitob — “Badiiy atamalar lugʻati”da jamlangan bilimlar toʻplamiga qayta-qayta murojaat qilishadi. Ushbu loyiha amaliy ahamiyatga ega boʻlgan eng foydali loyihalardan biri: u “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumiga oid nashrlarning lugʻat maʼlumotlarini toʻplash bilan bir qatorda, sanʼat va madaniyat olami boʻylab sayohatingizni yana-da yoqimli qilish uchun yangi muhim bilimlar toʻplamini ham taqdim etadi!

    “Oʻzbekistonning madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumi doirasida chop yetilgan 35 jildning deyarli har biriga tasviriy va dekorativ sanʼatning har xil turlari bilan bogʻliq tushunchalarni oʻz ichiga olgan lugʻat ilova qilingan. “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasi doirasida tayyorlangan materialni ushbu lugʻatning dastlabki manbasi sifatida taʼriflash mumkin.

    Lugʻatning oʻziga xos xususiyati: unda asosan Oʻzbekistonning anʼanaviy sanʼati bilan bogʻliq atamalar keltirilgan. Unda nashr etilgan jildlardan oʻrin olmagan yangi atamalar ham oʻrin olgan.

    Materialni tushunishda qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi uchun lugʻat tarkibiga kiritilgan atamalarning aksariyati predmetning oʻzi tasvirlangan fotosurat bilan birga keltirilgan.

    Ushbu nashr Oʻzbekistonning badiiy merosi bilan bogʻliq atamalarni umumlashtirish va izohlashga qaratilgan birinchi urinishdir.

    “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasining tadqiqot tashabbuslari Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. “Eriyell Group” xalqaro neft konlariga xizmat koʻrsatish guruhi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda, deya xabar bermoqda “Oʻzbekiston madaniy merosi loyihasi” telegramm kanali.