Mana uch yildirki yurtimiz eng ommaviy sport turlari boʻyicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda.
Bu yil ham ushbu anʼana davom etib, zaminimiz baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.
23-25-avgust kunlari roʻyi zamin sayqali Samarqandda mazkur sport turi boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi.
Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida boʻlib oʻtadi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashishadi.