Sayyohlik bazasining ochilishiga 14 ta hududdan 98 nafar o‘quvchi sayohatga olib kelindi.
Sayyohlik bazasini qurishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga o‘lka tarixini yaqindan tanishtirish, joylarda bolalar turizmini rivojlantirish orqali zamonaviy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
“Bolalar sayyohlik bazasi” ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev hamda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovlar ishtirok etdi.
“Bolalar sayyohlik bazalari” faoliyati Samarqand, Qarshi, Buxoro va Xiva shaharlarida ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Namangandagi sayyohlik bazasini qurish uchun respublika byudjetidan 7,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.