Maʼlum qilinishicha, vazni 2.5-3.0 kg boʻlgan, U-klasdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 sm kub xajmdagi sunʼiy yoʻldosh hisoblanadi.
CubeSat bir qator sensor qurilmalardan tashkil topgan boʻlib, yerdan uzoqlashish balandligini, stratosferadagi havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi va boshqa turdagi fizikaviy maʼlumotlarni onlayn tarzda universitetda joylashtirilgan maʼlumotlarni qabul qiluvchi stansiyaga uzatdi, kelgusida qabul qilingan maʼlumotlar geodeziya sohasida ilmiy-tadqiqot olib borish uchun tahlil qilinadi.
Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, ushbu maʼlumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yoʻnalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. Ushbu yoʻldoshni tong saharlab uchirishdan maqsad, geliy gazi bilan toʻldirilgan shar, xavo harorati koʻtarilishidan oldin stratosfera qatlamiga yaʼni 20 km balandlikga koʻtarilib olishi kerak. Geliy gazi issiq haroratlarda oʻzining uchuvchanlik hususiyatlarini yoʻkotadi. Bizning yoʻldoshimiz troposfera qatlamini bosib oʻtgandan soʻng, stratosfera qamlamini zabt etdi va kerakli balandlikga koʻtarildi.
“Yurtimizda kosmik faoliyatni rivojlantirishga davlat rahbari tomonidan alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni asosida yurtimizda “Oʻzbekkosmos” agentligining tashkil etilishi ushbu sohaga yoshlarimizni yanada qiziqishini uygʻotdi. Bugungi tadbir doirasida kosmik tadqiqotlarga bagʻishlangan loyihani amalga oshirishdan maqsad, universitetimiz talaba-yoshlarini kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirishga qiziqishini uygʻotish va ushbu sohada nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash”, - deb taʼkidladi Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori.
Loyiha muallifi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabasi Ziyodulla Butaxonov boshchiligidagi bir guruh talabalar NASA rekordini yangilashga urindilar.
Kosmik faoliyatni rivojlanishi kelgusida yer resurslaridan samarali foydalanish, geo axborot tizimlaridan foydalangan holda geodeziya, kartografiya va kadastrni shakllantirishda yordam beradi. Shuningdek, geo axborot tizimlarini rivojlantirish orqali shahar markazlarida paydo boʻlayotgan avtotransport vositalarining tirbandligini, avto yoʻllardan foydalanishni optimallashtirish orqali kamaytirishga erishiladi.