Bu haqda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Terma jamoalar orasida bizning tarkib ham bor.

Maʼlumot uchun, shu yilning 6-12-oktyabr kunlari Shri-Lanka davlatining Kolombo shahrida “CAVA U20 Menʼs Volleyball Championship 2024” musobaqasi boʻlib oʻtgandi.

Unda 20 yoshgacha boʻlgan erkaklar milliy terma jamoamiz ham ishtirok etgandi.

Qirgʻiziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv va Shri-Lanka jamoalari ustidan gʻalaba qozonib, final bosqichiga chiqqandi. Final uchrashuvida Nepal jamoasini 3:1 xisobida magʻlub etib, Markaziy Osiyoda chempionlikni qoʻlga kiritib, oltin medalga sazovor boʻlgandi.