O'zbekistonda ilk yer tuzuvchi muhandislar qachon va qayerda tayyorlangan?

    XX asrning 20—30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.

    O'zbekiston tarixida ilk yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan. “O'zdaverloyiha” DILI arxivi bu haqidagi qiziqarli ma'lumot va fotolar bilan bo'lishdi.

    Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.

    1925–29-yillarda O'zbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda o'tkazilgan. Keyinchalik qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.

    Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20—30-yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.