Oʻzbekistonda ilk mikromoliya banki tashkil etildi

    Markaziy bank Boshqaruvining 2025-yil 24-oktyabrdagi qaroriga koʻra, “Tayyab Finance Mikromoliya Tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatiga mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish uchun rasmiy litsenziya berildi.

    Shu munosabat bilan tashkilot faoliyati “TAYANCH” mikromoliya bankiga aylantirildi. Hozirda tegishli davlat reyestrlarida zarur oʻzgartishlar kiritilmoqda.

    Yangi bank mikromoliya sohasida aholi va tadbirkorlarga keng qamrovli moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni maqsad qilgan.