Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Aripov Uktam - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim

G‘afurov Vali - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib

Jalolov To‘xtasin   - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon

Kabulov Vasil Kabulovich - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim 

Qosimov Begali  - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim

Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Radjapov Murad Yadgarovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim

Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim

Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Akilova Viloyat Isaxarovna - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster

Axmedova Rimma Ashurovna - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi

Vaxobov Ismoil - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

Madaliyev Oxunjon Nusratovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) - O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor

Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Yuldashev Baxadir - «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev