2024-yilda Oʻzbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-2026 yillarga moʻljallangan byudjet xabarida aytiladi.
Aniqlik kiritilishicha, ish haqini 1 foizga qoʻshimcha oshirish uchun yiliga qariyb 1,3 trillion soʻm, stipendiyalarni oshirish uchun esa 600 milliard soʻm talab etiladi. Pensiyalarni oshirish uchun qoʻshimcha 9,28 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
2024-yilda ish haqi, stipendiya va nafaqalarni moliyalashtirish uchun davlat byudjeti xarajatlari 26,94 trillion soʻmga oshadi.