Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 17,2 foizga ortgan. Tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 9,6 foizga oshgan. Faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 2,8 foizga kamaygan. Tovar belgilari boʻyicha komponent 21,8 foizga ortgan.
Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda oʻtgan oyga nisbatan oʻsishi kuzatilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (33,8 foiz), Navoiy (26,9 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Xorazm (15,6 foiz) viloyatlari va Toshkent shaxrida (15,3 foiz) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan. Biroq Ishbilarmonlik faolligi indeksi Qashqadaryo viloyatida (1,8 foiz) kamaygan.
14 ta hududda yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan ortgan. Xususan, Toshkent sh. (19,1 foiz), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (16,3 foiz), Jizzax (16 foiz), Navoiy va Surxondaryo (14,8 foiz) viloyatlarida sezilarli oʻsish kuzatilgan.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025-yil aprel oyida 8 030,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 8,7 foizga ortgan.
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2025-yil aprel oyida 0,9723 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 2,8 foizga, shuningdek, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga kamaygan.
2025-yil aprel oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni oʻtgan oyga (469 296 birlik) nisbatan 4 561 birlikka ortib, 473 857 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni esa 627 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 372 887 tadan 377 833 taga ortgan (oʻsish 4 946 ta). Shuningdek, fermer xoʻjaliklari soni 91 725 tadan 91 967 tagacha (+242 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 4 057 tani tashkil etib, 2025-yilning mart oyiga nisbatan 627 taga kamaygan.
Savdo belgilari muhofazasi boʻyicha indeks 1,2183 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mart oyiga nisbatan 21,8 foizga ortgan. Yuridik shaxslar tomonidan 413 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.








