Undan avval bu ko'rsatkich, 1,35 millionni tashkil etayotgan edi. Bundan tashqari, O'zbekistonda 550 mingga yaqin mehnat migrantlari boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan. Bu haqda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Xalqaro press-klubning Farg'ona viloyatiga bag'ishlangan sonida ma'lum qildi.
“Barcha davlatlarga pandemiya o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatdi. O'zbekistonda ham pandemiyadan oldin ishsizlar soni o'rtacha 1 million 350 mingga yaqin edi, pandemiya boshlangach qator korxonalar faoliyati to'xtatildi va ishsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlashdi”, - dedi vazir.
Ayni paytda eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hissasiga to'g'ri kelyapti.