2021-yilning dekabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy soʻrov oʻtkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xoʻjaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.

2022-yilning 1-yanvar holatida mehnat resurslari soni 19 345,0 ming kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar soni 13 538,9 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.

2022-yilning 1-yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 196,3 ming kishini tashkil qilib, 2020-yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band boʻlganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni 5 885,5 ming kishini tashkil etib, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz boʻldi.

2022-yilning 1-yanvar holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 364,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatildi.

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan.

Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan taʼminlandi, (2021-yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan boʻlib), yillik dastur 140,0 foizga bajarildi (shuningdek 2020-yilning mos davriga nisbatan 108,5 foizga oshdi).

Ishga joylashishga koʻmaklashilgan shaxslarning 203,6 ming nafari (51,7 %) ayollar, 160,8 ming nafari (40,8 %) yoshlarni tashkil etadi. Murojaat qilgan fuqarolarning 234,2 ming band boʻlmagan aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 240,2 mlrd.soʻm mablagʻ toʻlab berildi. Jumladan: 190,6 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish ishlariga, 14,3 ming qishloq xoʻjaligi ishlariga, 10,8 ming byudjet korxonalariga (mahallalarda jamoatchi yordamchi va yoshlar ittifoqiga yordamchi ishchi sifatida) va 18,5 ming boshqa yoʻnalishlarda tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb etildi.

Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd.soʻm ishsizlik nafaqasi tayinlandi va toʻlab berildi. 2021-yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

Jumladan:

- tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 781 nafar fuqarolarga 4,8 mlrd.soʻm;

- shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urugʻlar va koʻchatlar hamda sugʻorish vositalarini harid qilish uchun 18 608 ta oilalarga 52,7 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

228 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etilib, ularga 9,9 ming nafar ishsizlar biriktirildi va ularning aʼzolik ulushi sifatida 21,8 mlrd.soʻm subsidiyalar ajratildi.

2021-yilda jami 506,2 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi yoki prognozga nisbatan 110,7 foizga bajarilgan (oʻtgan yilga nisbatan 118,3 %ga oʻsdi,
78,4 mingtaga koʻp). 
Shu jumladan,

  • tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 124 ta loyihada jami 19,9 ta;
  • hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan 19,3 mingta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 218,1 mingta (105,8%) yangi ish oʻrni tashkil etilgan.
  • Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 8 875 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan.
  • yangi roʻyxatdan oʻtgan qariyib 74,4 mingta kichik korxona va mikrofirmalarda 148,9 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali 110,8 ming nafar aholi band etildi.

Mehnat bozoridagi talablar asosida kasbiy bilimlarga oʻqitish vazirlikning ustuvor vazifasiga aylandi. Vazirlik tasarrufida 16 ta “Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Monomarkaz”, 59 ta tuman va shahar kasb-hunarga oʻqitish markazlari, 136 ta mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan 54 turdagi kasblar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillar boʻyicha 2021-yilda 115,4 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga oʻqishga jalb etildi.

Kasb-hunarga oʻqishga jalb etilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar (68,4 foiz), yoshlar (54,4 foiz) ulushiga toʻgʻri keldi.

Kasb-hunarga oʻqitishga jalb etilganlarning 69,9 ming nafari (60,6%) sanoat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida, 23 ming nafari (19,9%) qurilish, 2,4 ming nafari (2,1%) agrotexnologiyalar, 9,2 ming nafari (8,0%) “IT” sohasi kasblari va 10,9 ming nafari (9,4%) “Usta-shogird” anʼanasi asosida hunarmandchilik kasblariga yoʻnaltirildi.