Bu haqdagi ma'lumotlarni Mudofaa vazirligi axborot xizmati e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, faxriylarning 100 va 100 yoshdan oshganlari 25 nafarni tashkil qiladi.

Toshkent shahrida eng ko'p urush qatnashchisi (55 nafar) istiqomat qilsa, Toshkent viloyatida esa 26 nafar faxriy yashamoqda. Bu borada uchinchi o'rinda Farg'ona viloyati (19 nafar) turibdi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident farmoniga koʻra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (oʻn sakkiz million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.