Respublikada joriy yilda 1 mln 34 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilinib, 3 mln 82 ming tonna yoki 2019-yilga nisbatan 109% paxta xomashyosi yetishtirildi.

  • Fargʻona 107,7 %
  • Xorazmda 106,7 %
  • Andijonda 106,6 %
  • Namanganda 105,1%
  • Toshkentda 104,4 %
  • Samarqandda 103,6%
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiyda 102,7 %
  • Jizzaxda 100,7 %
  • Qashqadaryoda 95,8 %
  • Sirdaryoda 93,5 %
  • Buxoroda 89,1 %
  • Surxondaryoda 82,3 % paxta hosili terib olindi.

Paxta yetishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yigʻim-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-toʻqimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 ming ta fermer xoʻjaliklaridan 23,0 ming tasi shartnomani bajardi.

Respublikada har gektar paxta maydonida oʻrtacha hosildorlik 29,8 sentnerni tashkil qildi.

Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 mln 794 tonna va 11 ta kooperatsiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.