Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 2021-yilda 440 ming soʻmni tashkil etgan, 2022-yil yanvaridan boshlab esa 498 ming soʻm deb belgilangandi. Soʻnggi marta bu miqdor 2023-yil iyul oyida 498 ming soʻmdan 568 ming soʻmgacha oshirilgandi.

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlaridan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida.