Oʼzbekistonda kartoshka importi oshgan

     Davlat statistika qoʼmitasi joriy yilning 11 oyi davomida kartoshka importi 22,5 ming tonnaga oshganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʼzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 million АQSh dollariga teng boʼlgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.

    Kartoshka importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.

    2022-yilning 11 oyida Oʼzbekiston eng koʼp kartoshka import qilgan davlatlar:

    – Pokiston – 259,1 ming tonna

    – Qozogʼiston – 155,1 ming tonna

    – Qirgʼiz R. – 30 ming tonna

    – Rossiya – 15 ming tonna

    – Niderlandiya – 6,4 ming tonna

    – Eron – 5,6 ming tonna

    Maʼlumot oʼrnida, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda 2,6 million tonna kartoshka yetishtirilgan.