Oʻzbekistonda kartoshkachilik bilan bogʻliq muammolarga qanday yechim topish mumkin?

    Agrosektor 1 May 2023 1450

    Yirik umumiy ovqatlanish tarmoqlari talablariga mahalliy mahsulotning javob bermasligi tufayli xorijiy davlatlardan katta miqdorda yarim tayyor kartoshka, chips, kartoshka kraxmali, pyuresi va yormasi kabi mahsulotlar import qilinmoqda.

    Vaholanki, Oʻzbekiston kartoshka yetishtiradigan 150 dan ortiq davlat orasida yalpi hosil salmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston 23 oʻrinda turadi.

    Shunday boʻlsa-da 2022-yilda 532 ming tonna mahsulot 71 million dollar hisobiga Pokiston (264 ming tonna), Qozogʻiston (208 ming tonna), Qirgʻiziston (38 ming tonna), Rossiya (11 ming tonna) va boshqa davlatlardan import qilingan.

    Bundan tashqari, KFC, Wendy, LOOOK, EVOS kabi yirik umumiy ovqatlanish tarmoqlari talablariga mahalliy mahsulotning javob bermasligi tufayli xorijiy davlatlardan katta miqdorda yarim tayyor kartoshka, chips, kartoshka kraxmali, pyuresi va yormasi kabi mahsulotlar import qilinmoqda.

    Bu kabi muammolar tahlili boʻyicha maqola bilan “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.