Birinchi va ikkinchi oʻrinlarni poytaxtimizda faoliyat koʻrsatayotgan “PHOENIX” va “UMMON GAME CLUB” sport klublari, uchinchi oʻrinni Namangan viloyatining “CYBERZONE”, toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlar Toshkent shahrida joylashgan “CYBERIUM” va “IMBA” sport klublariga tegishli boʻldi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish va ularining umumiy reytingini internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish vazifalari belgilangan.
Mazkur qaror ijrosidan kelib chiqib, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda kelgusida kibersport klublarining umumiy reyting koʻrsatkichlarini doimiy ravishda yangilab borishni rejalashtirgan.