Mazkur fermer xoʻjaligida noyob navli yongʻoq, bodom va gilos koʻchatlari yetishtiriladi.
Tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev mazkur fermer xoʻjaligida boʻlib, uning faoliyati, amalga oshirilayotgan ziroatchilik-sohibkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ayni kunlarda xoʻjalikka qarashli jami 20 gektar maydonning 5 gektarida yongʻoqning “chandler” navi boʻy choʻzmoqda.
Shuningdek, 5 gektar maydonda bodomning fransuz navi, yana 1 gektar maydonda esa gilosning yangi ispan navi maxsus mutaxassis va agronomlar koʻmagida parvarishlanmoqda.
Noyob mevali daraxt koʻchatlarini sugʻorish uchun xoʻjalikda Isroil texnologiyasi asosidagi tomchilatib sugʻorish usuli yoʻlga qoʻyilgan.
Endilikda, mazkur bogʻda kivi plantatsiyasini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Tokdoshlar turkumiga mansub boʻlgan ushbu sitrus mevasini yetishtirish hadisini puxta egallash uchun loyiha tashabbuskorlari Turkiya davlatida boʻlib, tajriba almashib kelgani ham maʼlum qilindi.
Dastlabki bosqichda 1 gektar, keyinchalik yana 4 gektar maydonda kivi yetishtirish haqidagi aniq hisob-kitob va rejalar muhokama qilindi.