Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga koʻchmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 380-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan koʻchmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:
- DXMga tashrif buyurgan holda;
- YAIDXP yordamida;
- davreestr.uz. orqali.
Bunda koʻchmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda soʻrovnoma toʻldirib, BHMning 0,5 baravarini toʻlash lozim.
Natijalar quyidagi shakldagi maʼlumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.
Maʼlumotnomada:
- koʻchmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi oʻzgartirishlar);
- davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana;
- huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 15.08.2023-yildan kuchga kirdi.