Bu haqda Qurilish vazirligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd soʻm mablagʻlari hisobidan 2 888 ta koʻp kvartirali uyni taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta koʻp kartirali uylarda taʼmirlash ishlari yakunlandi.
Shundan, 934 ta uyning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yoʻlaklarida, 1085 ta uyning yertoʻla va uy ichki muhandislik-kommunikatsiyalarida taʼmirlash ishlari olib borildi.
Kirish yoʻlaklariga 270 ta kodli temir eshiklar oʻrnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar oʻrnatildi. Bundan tashqari, 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchilar joriy va mukammal taʼmirlandi.