Oʻzbekistonda «Lada» avtomashinasi ishlab chiqarilishi mumkin

    Sanoat 5 Oktabr 2020 751

    «Avto VAZ» yaqinda Lada avtomobilini Oʻzbekistonda yigʻishi mumkinligi maʼlum boʻldi.

    Qaysi korxonada bu amalga oshirilishi hozircha nomaʼlum. Lekin Oʻzbekistonda yigʻilgan birinchi Tolyatti avtomobili yoʻl tanlamas xetchbek Lada Xray Cross ekanligi maʼlum boʻldi.

    Bu «Lada» yigʻiladigan toʻrtinchi mamlakat boʻladi. Hozir Tolyattidan zavodidan chiqadigan avtomobillarni yigʻish bilan Qozogʻiston, Ukraina va Misr mamlakatlari shugʻullanyapti, deb xabar beradi UsedCars.ru