баннер
12 Mar 2025
04:40

    Oʻzbekistonda Litva uchun haydovchi va avtomexaniklar oʻqitiladi

    Birinchi bosqichda 200 nafar hamyurtlarimizni oʻqitib, haydovchi va avtomexanik kasblari boʻyicha Litvadagi boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirishga kelishildi.

    Oʻzbekiston delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvi Litva “Sanoatchilar konfederatsiyasi” rahbari va aʼzolari bilan boʻlib oʻtdi.

    Unda fuqarolarimizni ushbu mamlakatda tashkiliy tartibda ishga joylashtirish koʻlamini oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Konfederatsiya aʼzolarining taʼkidlashicha, Litvada ishlayotgan hamyurtlarimizning mehnatsevarligi, oʻzini yaxshi tomonlama koʻrsata olgani bois haydovchi va mexaniklarga talab yuqori.

    Mazkur talabni qondirish maqsadida Oʻzbekistonning oʻzida Konfederatsiya tarkibiga kiruvchi “GIRTEKA” va “TVG Groupe” kompaniyalari bilan hamkorlikda yuk avtotransporti haydovchi va mexaniklarini tayyorlovchi oʻquv markazlari tashkil etiladi.

    Birinchi bosqichda 200 nafar hamyurtlarimizni oʻqitib, haydovchi va avtomexanik kasblari boʻyicha Litvadagi boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirishga kelishildi.

    “GIRTEKA” kompaniyasida 4000 ta avtotraktdan iborat oʻz avtoparki mavjud. “TVG Groupe” kompaniyasi avtoparkida esa 800 ta avtotrakt bor.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech