Oʻzbekistonda maktab oʻqituvchilari soni qariyb 565 ming nafarga yetdi

    2024/2025 oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan (oʻrindoshlarsiz).

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2015/2016 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga oshgan.

    Oʻqituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.

    Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni yillar kesimida:

    • 2015/2016 oʻquv yili boshiga - 385 ming nafar;
    • 2016/2017 oʻquv yili boshiga - 390,6 ming nafar;
    • 2017/2018 oʻquv yili boshiga - 409,4 ming nafar;
    • 2018/2019 oʻquv yili boshiga - 444,2 ming nafar;
    • 2019/2020 oʻquv yili boshiga - 486,6 ming nafar;
    • 2020/2021 oʻquv yili boshiga - 508 ming nafar;
    • 2021/2022 oʻquv yili boshiga - 510 ming nafar;
    • 2022/2023 oʻquv yili boshiga - 521,6 ming nafar;
    • 2023/2024 oʻquv yili boshiga - 547,8 ming nafar;
    • 2024/2025 oʻquv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.