Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar muvofiq, haftalik oʻquv yuklamasining maksimal darajasiga boʻlgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:

1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.

2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi);

5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;

10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;

Bir yil davomida oʻquv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.