Qayd etilishicha, kelishuvga muvofiq, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida Malayziyaning yirik kompaniyalaridan biri — “Market Boy“ bilan hamkorlikda krevetka yetishtirish loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha Malayziyaning ilgʻor texnologiyalari asosida yoʻlga qoʻyilib, respublikamizda akvakultura rivojiga xizmat qiladi.
Qayd etish kerakki, ushbu krevetkalar Malayziyaning xalqaro darajadagi halol sertifikati bilan taʼminlanadi. Bu esa mahalliy va xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatini oshiradi. Halol oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab yuqori ekanini inobatga olsak, bu loyiha Oʻzbekistonning eksport salohiyatini ham kengaytirishi mumkin.