Bu esa o'z navbatida kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarini tugallagan yoshlarimiz xorijiy davlatlarda o'z mutaxassisliklari bo'yicha ishlashlariga ham imkon bermayotgan edi.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston-SHvetsariya “O'zbekistonda kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish” loyihasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek O'zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xorijiy loyihalar ekspertlari bilan birgalikda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning (Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog'iston, Belorus Respublikasi, Moldovo) tajribalari o'rganilib, O'zbekistonda ilk bor Milliy malakalar ramkasi ishlab chiqildi.
SHuningdek, bugungi kunda tarmoq kvalifikatsiya ramkalari, kasb va mutaxassisliklar bo'yicha professional standartlar hamda tabaqalash-tirilgan ta'lim dasturlarini yaratish va yangi o'quv yilidan joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Milliy malakalar tarmoqlar malakalar ramkalari, kasb va ta'lim standartlari, milliy va xalqaro darajada malakalarni tan olishning kasbiy ta'limning barcha darajalari uchun yagona mexanizmlarni nazarda tutuvchi, malakalarni tarmoqlararo va xalqaro taqqoslashni ta'minlovchi kompetensiyani baholash tizimi Kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimining institutsional komponenti va asosi hisoblanadi.