Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-sentyabr holatiga respublika boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlari soni 5 taga koʻpayib, 9 255 tani (2021-yil 1-iyul holatiga 9 251 ta) tashkil etmoqda.
Shundan 41 tasi shaharcha, 81 tasi qishloq, 164 tasi ovul, 8969 tasi mahalla fuqarolar yigʻinini tashkil etadi.
Shuningdek, jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatayotgan mahallalar 6 tani (Andijonda – 1 ta, Surxondaryoda – 2 ta, Toshkent viloyatida –3 tani) tashkil etmoqda.
2021-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan mahallalarni tuzish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida aholi fikrini hisobga olgan holda, aholisi koʻp boʻlgan fuqarolar yigʻinlarini boʻlish natijasida respublika boʻyicha 5 ta jumladan:
Fargʻona viloyatida – 2 ta, Qoʻqon shahridagi “Uzumzor”, “Turkiston”; Toshkent shahrida – 3 ta, jumladan, Mirzo Ulugʻbek tumani “Yangi Kamolot”, “Yangi Olmachi”, “Oydin” mahalla fuqarolar yigʻinlari tashkil etildi.