O'zbekistonda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari soni 42 taga etdi

    AOKAda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida nodavlat ta'lim tashkilotlarining salmog'ini oshirish hamda ularda ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

    Bugungi kunda nodavlat ta'lim tashkilotlari soni 5678 tani tashkil etmoqda. Ulardan:

    maktabgacha ta'lim bo'yicha – 2189 ta;

    umumiy o'rta ta'limga – 300 ta;

    oliy ta'lim xizmatlari bo'yicha – 42 ta;

    maktabdan tashqari ta'lim bo'yicha 623 ta;

    kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha – 853 ta litsenziya rasmiylashtirib berilgan.

    2022 yilning o'tgan davri mobaynida 8 ta nodavlat oliy ta'lim tashkilotiga litsenziya berildi. 2026 yilgacha nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga etkazish, xususan, 2022 yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta'lim tashkilotini tashkil etish maqsad qilingan.