Oʻzbekistonda ob-havo keskin pasayib, qor yogʻishi kutiladi

    Yashil sayyora 8 Dekabr 2021 1628

    12-dekabr avvaliga, shimol, 13-14-dekabr respublikaning boshqa hududlarida yaxshigina yogʻingarchilik(asosan, qor)lar kutiladi. Togʻlarda qor boʻronlar va koʻp miqdorda qor yogʻishi mumkin.

    12-13-dekabr kunlari katta masshtabli nam havo oqimlari, respublika hududlariga bemalol kirib kelishi uchun vaziyat yuzaga kelgan. Oqimlar gʻarb va shimoli-gʻarbdan kirib kelayotgani bois, sovuq va nam havo oqimidir. 13-14-dekabr kunlari respublika aholisining katta qismi qish manzarasiga guvoh boʻlishi mumkin. 14-dekabrdan sovuq antitsiklon taʼsiri hududlarda seziladi. Shimol hududlarda havo harorati minimumi kechalari -15 daraja sovuqgacha pasayadi.

    Yaqin kunlarda Rossiyaning shimoli, shimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida arktik sovuq havo oqimlari rivojlanishi prognozi berilmoqda. Oʻzbekistonda bu dekabr oyi ikkinchi oʻn kunligi ikkinchi pentada(15-20-dekabr)sida ham respublikada biroz past harorat kuzatilishiga olib kelishi mumkin.