Maʼlum qilishicha, institut tomonidan xalqaro baxtlilik indikatorlarini oʻrganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tarkibi shakllantirildi.

Bunda xalqaro baxtlilik indikatorlari hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Butan Qirolligi, Indoneziya, Malayziyada joriy qilingan indekslar tahlil qilindi. Tahlil va oʻrganishlar natijasida oilalarning baxtlilik indikatorlari aniqlandi. Bunda oʻzbek millatining xarakteri va turmush darajasidan kelib chiqib subyektiv va obyektiv baxt koʻrsatkichlari inobatga olindi.