Unga koʻra,
– 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida 3 yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish;
– Jahon tajribasiga koʻra “spetsialitet” dasturi 5 yildan kam boʻlmasligini hisobga olib, qaror loyihasida olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining 2 yillik professional taʼlim bosqichini tugatgan bitiruvchilari taʼlimning keyingi bosqichini Institutning 3 yillik oliy taʼlim dasturini asosida davom ettirishi belgilanmoqda.
Institutga olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolari boʻlgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Institut talabalarining umumiy taʼminoti (ovqatlanish, tibbiy biologik taʼminoti, sport musobaqalaridagi ishtiroki) toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.