Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan. 

Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

– Qozog‘iston – 12,6 ming tonna;

– Rossiya – 4,2 ming tonna;

– Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna;

– Turkmaniston – 163 tonna.

2022 yilning 10 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:

– Farg‘ona viloyati – 5 ming tonna;

– Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna;

– Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna.