Unga ko‘ra, 2023-yil noyabr oyida:

- "El-yurt umidi" jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasini ishlab chiqish;

- umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan. 

Avvalroq, Prezident maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq bergan edi.