Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi miqdori oshdi

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 724 min soʻmga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 151 ming soʻmga yetgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 424 ming soʻm boʻlgan.

    Statistika agentligining maʼlum qilishicha, hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkich 8,7 million soʻm bilan Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu miqdor oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 foiz oʻsgan. Shu bilan birga, Navoiy (6,6 million soʻm), Toshkent (4,9 million soʻm), Andijon (4,4 million soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda (4,2 million soʻm) nisbatan yuqori oʻrtacha oylik ish haqi toʻlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahridadan tashqari Samarqand (17,8 foiz), Andijon (16,2 foiz), Fargʻona (14,2 foiz) hamda Navoiy (14,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.