Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming soʻm boʻlgan. Agentlikning xabariga koʻra, yarim yil mobaynida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million soʻm), Navoiy (6,6 million soʻm), Toshkent (4,9 million soʻm), Andijon (4,4 million soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4,2 million soʻm) kuzatildi.
Oʻtgan olti oy davomida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Fargʻona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Oʻrtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
— bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million soʻm;
— axborot va aloqa — 12,4 million soʻm;
— tashish va saqlash — 7,7 million soʻm;
— sanoat — 6,2 million soʻm;
— savdo — 5,9 million soʻm;
— qurilish — 5,4 million soʻm;
— yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million soʻm;
— taʼlim — 3,5 million soʻm;
— sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 3,3 million soʻm.
Shuni alohida aytib oʻtish kerakki, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida oʻrtacha oylik maosh hamon eng pastligicha qolmoqda.