Strategiyaga asosan, 2023-yilgacha aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi 2 barobarga oshiriladi.
Onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobarga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 100 ming nafar aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 7 yil ichida tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish darajasini 100 foizga yetkazish ko‘zlanmoqda.