Xususan, “Al-Jumhuriya” gazetasi, “Al-Usbuʼ”, “Al-Qohira24”, “Sada al-Balad” kabi elektron nashrlarda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligiga bagʻishlangan xabarlar tarqatildi.
Abdulhodiy al-Qasabiy Xalqaro ziyorat turizmi haftaligidagi ishtirokiga bagʻishlangan maqolada ikki mamlakat va xalqlarimiz oʻrtasidagi rishtalar uzoq oʻtmishga borib taqalishiga eʼtibor qaratilgan.
Doʻstlik ruhidagi munosabatlar Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Oʻzbekistonga 2018-yilda amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida imzolangan qator bitim va shartnomalar turli sohalardagi sheriklikni yanada mustahkamlagani, turizm va iqtisodiy yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi taʼkidlangan.
Misr matbuotida chop etilgan xabar va maqolalarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda, Misrning Yaqin Sharqda muhim oʻringa ega ekani ham alohida qayd etilgan.