баннер
24 Mar 2025
03:37

    Oʻzbekistonda ov mavsumi yopiladi

    Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopiladi.

    Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qatʼiy taqiqlanadi.

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yurtdoshlarimizdan ov mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda boʻlishlarini soʻraydi.

    Shuningdek, noqonuniy ov bilan bogʻliq holatlarga duch kelsangiz, vazirlikning 1157, 1207, (71) 207-11-07 va (71) 207-11-08 telefon raqamlari, ecogovuz_bot telegram boti orqali yoki tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qilishlari soʻraladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech