Oʻzbekistonda palma yogʻini sinovdan oʻtkazish majburiy boʻladi

    Oʻzbekistonda 1-martdan palma yogʻi hamda tarkibida shunday yogʻ va transyogʻi boʻlgan mahsulotlarni majburiy laboratoriya sinovidan oʻtkazish talabi joriy etiladi.

    Qayd etilishicha, 2025-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan palma moyi hamda tarkibida palma moyi va yogʻ kislotalarining trans izomerlari mavjud boʻlgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻrnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan oʻtkaziladi.

    Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga belgilangan tartibda oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida palma moyidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.