Oʻzbekistonda pensiya oluvchilar soni maʼlum qilindi

    2025-yil iyun oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi.

    Qayd etilishicha, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning iyun oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,2 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.

    Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,5 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 84 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.

    Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-iyun kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.