Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan har oyda 4 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar hamda 1,5 mln. nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalarga yoki 6,4 mln. nafar fuqaroga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ta’minoti amalga oshirilmoqda. Ya’ni, Jamg‘arma tomonidan respublika aholisining 29 foiziga har oyda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

2022 yil 1 martdan boshlab ishlamaydigan va pensiya olmaydigan Afg‘onistondagi urushda o‘z baynalmilal burchlarini bajarganlarga uy-joy kommunal to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovini joriy etiladi. Shuningdek, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi