Hududlar boʻyicha hisoblanganda, ularning eng koʻpi – 13,1 foizi Toshkent shahriga, 12,4 foizi Navoiy viloyatiga toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatkich Toshkent, Buxoro, Fargʻona, Sirdaryo, Andijon, Xorazm viloyatlarida 11 foiz va undan koʻproqni tashkil qiladi. Boshqa hududlarda esa 9 foizdan 10 foizgacha boʻlgan qiymatni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda pensiyalarning oʻrtacha miqdori 817 ming 457 soʻmni, nafaqalarning oʻrtacha miqdori 463 ming 121 soʻmni tashkil etmoqda.

1991-yil 1-yanvardagi maʼlumotda 2 million 158 ming 995 nafar pensiya va nafaqa oluvchi qayd etilgan.