Oʻzbekistonda pensiyaga chiqish yoshi qolgan mamlakatlarga nisbatan pastroq — Pensiya jamgʻarmasi

    Ijtimoiy hayot 4 Iyul 2023 3694

    Pensiya jamgʻarmasi Markaziy Osiyo davlatlarida erkaklar 60-63 yoshdan, ayollar esa 55-58 yoshdan pensiyaga chiqa olishi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.

    Xususan, 2023-yil iyun oyi holatiga koʻra:

    • Oʻzbekistonda - erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan;
    • Qozogʻistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 61 yoshdan;
    • Qirgʻizistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
    • Tojikistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;
    • Turkmanistonda - erkaklar 62 yosh, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

    Maʼlumot oʻrnida:

    Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 447 597 nafarni tashkil qiladi.

    Shundan:

    - pensiya oluvchilar 3 839 508 nafarni;

    - nafaqa oluvchilar 608 089 nafarni tashkil qilmoqda.

    Shuningdek, 2023-yilning 1-iyun holatiga koʻra:

    - yoshga doir pensiya oluvchilar - 3 182 617 nafar;
    - nogironlik pensiyasini oluvchilar - 426 532 nafar;
    - boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchilar - 230 359 nafarni tashkil qiladi.

    Tayinlangan nafaqalar boʻyicha:

    - pensiya yoshiga yetgan erkaklar va ayollar - 60 829 nafar;
    - bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandli onalar - 8738 nafar;
    - ish staji yoʻq 1-2-guruh nogironligi bor shaxslar 90 840 nafar;
    - boquvchisini yoʻqotgan oilalar - 48 293 ta;
    - 18 yoshdan katta 1-2-guruh bolalikdan nogironligi bor shaxslar - 175 912 nafar;
    - 18 yoshgacha nogironligi bor bolalar - 160 746 nafar;
    - 18 yoshgacha nogironligi bor farzandni parvarish qilayotgan ota (ona) - 62 731 nafar.